Zelenskiy Bryusselga yetib keldi

Zelenskiy Bryusselga yetib keldi

Bugun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselga tashrif bilan keldi va u yerda xavfsizlik bo‘yicha yana uchta ikki tomonlama shartnoma imzolaydi. Bu haqda Ukraina OAVlari prezidentning Telegram-kanaliga asoslanib xabar berdi.

Prezident eslatishicha, Ukraina yaqinda Yevropa Ittifoqiga (EI) a’zolik bo‘yicha muzokaralarni rasman boshladi. Bugun u Bryusselga tashrifi chog‘ida Yevropa kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi va ittifoqqa a’zo davlatlar rahbarlariga mamlakatni integrasiya yo‘lida qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Xususan, tashrif davomida Zelenskiy Yevropa Ittifoqi va a’zo davlatlar rahbarlari bilan uchrashadi va ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi, uchta xavfsizlik shartnomasini imzolaydi, ulardan biri YEI bilan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!