Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga mikrokreditlar ajratiladi

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga mikrokreditlar ajratiladi

🔰 Qarorga ko‘ra, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga kuyidagi shartlarda mikrokreditlar ajratiladi:

👉 300 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda 3 yil muddatga, 6 oygacha imtiyozli davr bilan;
👉 Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida.

☑️ Qaror bilan 2021–2023 yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining maqsadli parametrlari tasdiqlandi. 

💼 Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda sohada jami 29 ming 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi nazarda tutilgan.  

🗓 2023 yil 1 yanvargacha zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kompensasiya qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!