Yurtimizda 27 oktyabrdan havo keskin sovishi kutilmoqda

Yurtimizda 27 oktyabrdan havo keskin sovishi kutilmoqda

27 oktyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan Volgabo‘yi orqali sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. 28—29 oktyabr kunlari uning ta’siri butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi, deb xabar beradi «O‘zgidromet».

Ma’lum qilinishicha, 27—28 oktyabr kunlari O‘zbekistonning ayrim hududlarida shamol tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

28—29 oktyabr kunlari esa havo harorati kechasi 0-3 darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi 10-13 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!