Yoshlar ittifoqi faollari saratonga chalingan bolalar holidan xabar olishdi

Yoshlar ittifoqi faollari saratonga chalingan bolalar holidan xabar olishdi

15 fevral Xalqaro saratonga chalingan bolalar kuni munosabati bilan Respublika onkologiya ilmiy-tekshirish markazida xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Mo‘’jizalar davri ko‘ngilli yoshlar jamoasi tomonidan uyushtirilgan mazkur tadbir taniqli san’atkorlar, teatr aktyorlari, sportchi va qiziqchilarning chiqishlari bilan bayramona tus oldi.

Yosh xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, noan’anaviy sahna ko‘rinishlari, shuningdek, homiylar tomonidan ulashilgan sovg‘alar muassasada davolanayotgan bolajonlarga bir olam quvonch bag‘ishladi.

Manba: xs. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!