Yilning eng korrupsiyalashgan odami nomi e’lon qilindi

Yilning eng korrupsiyalashgan odami nomi e’lon qilindi

Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq qilish markazi (OCCRP) Afg‘onistondan qochib ketgan sobiq prezident Ashraf G‘ani “2021 yilning eng korrupsiyalashgan odamlari” ro‘yxatiga kiritildi, deb e’lon qildi. Bu haqda O‘zA "REGNUM" Axborot agentligi tayanib yozmoqda.

Dunyo axborot agentliklari va mustaqil jurnalistlarini o‘zida birlashtirgan Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq qilish markazi har yili jahon miqyosidagi korrupsionerlar reytingini e’lon qilib boradi. 2021 yilda ushbu tashkilot ekspertlari korrupsiya borasida birinchilikni Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘aniga berishdi. Olti kishidan iborat hakamlar hay’ati Ashraf G‘anining nafaqat yuqori darajada korrupsiyalashgan shaxs ekanini, balki davlat rahbarligiga umuman loyiq emasligini ham qayd etib o‘tishdi.

Mazkur loyihaning ta’sischilaridan biri Dryu Sallivanning ta’kidlashicha, Ashraf G‘ani korrupsiya timsoli bo‘lishdan tashqari, o‘ta ketgan darajada o‘z vazifasiga loyiq bo‘lmagan shaxs hisoblanadi. U o‘z xalqini taqdir hukmiga tashlab, uni halokatga yo‘liqtirdi, o‘zi esa hukumatidagi korrupsiyalashgan amaldorlari bilan birga, BAAga qochib ketdi.

Ashraf G‘ani – sobiq iqtisodchi va olim. U Afg‘onistonga 2014 yildan buyon prezidentlik qilib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!