Yaponiyaliklardan Yangi yilda ko‘chaga chiqmaslik so‘raldi

Yaponiyaliklardan Yangi yilda ko‘chaga chiqmaslik so‘raldi

Tokio gubernatori Yuriko Koike shahar aholisidan Yangi yil bayramida juda zarurat bo‘lmasa o‘z uylaridan chiqmaslikni so‘radi. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, kelgusi haftalardagi odamlarning xatti-harakatlari kelgusi yilda epidemiologik vaziyat qanday rivojlanishini belgilaydi. Bu haqda NHK yozmoqda.

Tokio gubernatori, shuningdek, ushbu bayramlarda odamlarning o‘zini tutishi tom ma’noda keyingi yil qanday bo‘lishiga bog‘liqligini ta’kidladi.

“Kelinglar, ushbu yangi yilni o‘zimiz uchun uyda nishonlaymiz. Keyingi yil oxirida "Men 2021 yilni xotirjam o‘tkazdim, chunki men Yangi yilni kamtarona nishonladim", deb aytish nasib qilsin. Barchamiz birgalikda ushbu qiyin vaziyatdan chiqish uchun harakat qilaylik», – dedi Koike.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!