Yaponiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga! Ish topish yanada osonlashdi

A A A
Yaponiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga! Ish topish yanada osonlashdi

2021 yil 22 dekabr kuni o‘zbekistonliklar uchun ilk bor Yaponiya onlayn mehnat yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Unda bepul ishtirok eting va Yaponiya kompaniyasidan qonuniy ishlash taklifini olish imkoniyatingizni sinab ko‘ring!

Buning uchun Siz LINE ilovasi orqali mustaqil tarzda shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘tishingiz zarur.

Avvalo, LINE dasturini telefoningizga yuklab olasiz va unda JOBFAIR 2021 deb nomlangan havolaga kirib, QR-kodni LINE dasturi yordamida o‘qiysiz.

Yuklab olganingizdan so‘ng, bir past kutasiz, Sizga xabar keladi.

Quyidagi savollarga javob berishingiz kerak bo‘ladi:

❓18 yoshdan kattamisiz?

❓Yaponiyadamisiz?

So‘ngra, O‘zbekiston bayrog‘ini tanlaysiz, Sizga o‘zbek tilida ma’lumot keladi.

Bunda Siz quyidagi afzalliklarga ega bo‘lasiz:

✅ Yapon ish beruvchisiga bevosita yapon tilida savol bera olasiz. Savol yapon tilida to‘g‘ri berilsa, ish beruvchi kompaniya tomonidan ish taklifi olish imkoni oshadi.

✅ Siz mehnat yarmarkasida qatnashar ekansiz, yapon tilida savol berishda, avvalo, じこしょうかい (o‘zingizni tanishtirib), savolni yapon tili qoidalariga muvofiq berishingiz va bu jarayonda savol berish odobiga to‘la rioya qilishingiz kerak.

✅ Siz ish beruvchi kompaniya vakilida yaxshi taassurot uyg‘otsangiz, Sizga LINE ilovasi orqali aloqaga chiqishadi!

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Eslatib o‘tamiz, ushbu onlayn mehnat yarmarkasi O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Yaponiya Adliya, Mehnat, Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirliklari bilan hamkorlikda O‘zbekiston fuqarolari uchun maxsus tashkil etilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!