Yaponiya Rossiyaga Xabomai va Shikotan orollarini qaytarishni rejalashtirmoqda

Yaponiya Rossiyaga Xabomai va Shikotan orollarini qaytarishni rejalashtirmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga telefon orqali muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘rtasida tinchlik shartnomasini imzolash yo‘lidagi yangi qadamlarni muhokama qilishdi, deb xabar bermoqda “Yahoo News Japan” o‘z manbasiga tayanib.

Unga ko‘ra, suhbat davomida Putin Sugaga tinchlik shartnomasini eslatgan. Bu 2018 yilda erishilgan kelishuv bo‘lib, u Kuril orollarini o‘z ichiga olgan "shimoliy hududlar" muammosiga tegishlidir.

Nashrning ta’kidlashicha, Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening siyosiy yo‘nalishi Putin va Suga o‘rtasidagi munosabatlarda qolishi mumkin. Binobarin, Yaponiya Rossiyaga tegishli bo‘lgan Xabomai va Shikotan orollarini qaytarib bermoqchi.

Xabomai va Shikotan - Kichik Kuril tizmasining bir qismi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!