Yaponiya bosh vaziri Putin va Trapmga nega iste’foga chiqqanini tushuntirmoqchi

Yaponiya bosh vaziri Putin va Trapmga nega iste’foga chiqqanini tushuntirmoqchi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe iste’foga chiqish qarorini shaxsan tushuntirish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muzokara o‘tkazmoqchi, deb xabar bermoqda Kyodo.

Ehtimol, ikkala suhbat ham 31 avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Abening iste’foga chiqishi o‘tgan hafta ma’lum bo‘ldi. Sakkiz yil davomida Yaponiya bosh vaziri bo‘lib ishlagan siyosatchining qarori sog‘lig‘i bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!