«Xudo Trampni halok qilsin»

«Xudo Trampni halok qilsin»

Isroilning bosib olgan G‘arbiy sohilida zaytun daraxti tagida o‘tirgan Muftiya Tlaib, Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining yaqinda unga qilgan e’tiborini inobatga olmadi.

«Xudo uni halok qilsin», deydi u.

Muftiya Tlaib – bu AQSh Kongressi Demokrat vakili Rashida Tlaibning buvisi. Rashida Tlaib Donald Tramp va Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni siyosatiga qarshi chiquvchi musulmon ayol.

Payshanba kuni Trampning bosimi ostida Isroil dastlab Rashida Tlaib va uning Demokratik hamkasbi Ilhan Umarning tashrifini taqiqlagan edi.

Ertasi kuni Isroil Tlaibni G‘arbiy Sohildag oilasining oldiga  borishiga ruxsat berishini aytdi, ammo Tlaib Isroil tomonidan uni kamsitishga qaratilgan cheklovlar kiritganini aytib, taklifni rad etdi.

Juma oqshomida Tramp tvit yozdi:

"Tlaib buvisi huzuriga tashrif buyurishni istab Isroil rasmiylariga xat yozdi. Ruxsat tezda berildi, shundan so‘ng Tlaib tashrifdan voz kechdi. Bu yerda yagona haqiqiy g‘olib Tlaibning buvisi. Endi u uni (Rashidani) ko‘rishga hojat yo‘q!"

Bayt Ur-al-Fuqa qishlog‘ida o‘z bog‘ida o‘tirgan to‘qson yoshli muftiya Tlaib bu so‘zlarni eshitib qattiq ranjidi. «Tramp menga Rashida kelmaganidan xursand bo‘lishim kerakligini aytmoqda. Xudo uni xarob qilsin», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!