Xudo asrasin! Bir kunda besh nafar opa-singil fojiali tarzda halok bo‘ldi​

Xudo asrasin! Bir kunda besh nafar opa-singil fojiali tarzda halok bo‘ldi​

Qozog‘iston IIV Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi Ostonadagi Koktal-1 mavzesida yuz bergan yong‘inning aniq sabablarini e’lon qildi.

Yong‘inga tutun chiquvchi mo‘rining ajratuvchi qismida yong‘in xavfsizlik qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan. Ya’ni tomdan tutun chiqib ketadigan joy bo‘lmagan. Bu pechka ishlatilganida yong‘inga olib kelgan. Boshpana yongan va qulab tushgan , dedi viloyat fuqaro muhofazasi ustidan nazorat va falokatlar xatarini kamaytirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jasulan Aktayev telekanalga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, ko‘pincha turar joy binolarining egalari FV xodimlarini uyga kiritmaydi, shunday holatlar ham bo‘ladiki, suhbat eshik ortida bo‘lib o‘tadi. Turar joylar binolari fuqaro muhofazasi idoralari tomonidan nazorat qilinmaydi. Turar joy binolarida yong‘inlar sonini qisqartirishning birdan bir chorasi bu uyma-uy yurib profilaktika tadbirlarini o‘tkazishdir.

Juma kundan boshlab Ostonadagi ko‘p bolali oilalarning uylariga is gazidan saqlanuvchi jihozlar o‘rnatila boshlandi. Qozog‘istonning boshqa mintaqalarida ham turar joy mavzelari bo‘ylab reydlar uyushtirilmoqda.

Aktayevning so‘zlariga qaraganda, har yili mamlakatda 15 mingga yaqin yong‘in qayd qilinadi, ularning 70 foizi turar joy sektori hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi yillarda yong‘inlar oqibatida halok bo‘layotganlar soni 20 foizga oshdi. 2019 yilning bir oyi mobaynida 116 kishi halok bo‘ldi.

4 fevral kuni Ostonadagi Koktal-1 mavzesidagi xususiy turar joy boshpanasida yuz bergan yong‘in oqibatida besh nafar opa-singil halok bo‘ldi, ularning eng kattasi 12 yoshda, eng kichigi esa bir yoshga ham to‘lmagan edi. Mahalliy rasmiylarning ma’lum qilishicha, yong‘in boshlangan vaqtda qizlarning ota-onalari ishda bo‘lgan.

6 fevral kuni rasmiylar mamlakat fuqarolari daromadlari va turmush darajasini oshirish, jumladan ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumat qoshida ishchi guruh tashkil etilganini ma’lum qildi. Sanoat va taraqqiyot infratuzilmalar vaziri Jenis Qasimbekning bayonotiga qaraganda, o‘z idorasi ko‘p bolali oilalarga uy qurishni moliyalashtirish yo‘llarini qidirmoqda .

Kuni kecha Ostonadagi Oyil ko‘chasida joylashgan ikki qavatli yotoqxonada yong‘in yuz berdi. Bir oilaning 2006, 2009, 2012 va 2013 yillarda tug‘ilgan to‘rt farzandi is gazidan zaharlandi, deya xabar berdi Qozog‘iston IIVning Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi.

Yotoqxonadagi xonalardan birida uy jihozlari va mebel yonib ketdi. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan 10 kishi binodan evakuasiya qilindi va bir bolakay qutqarib qolindi.

Is gazidan zaharlangan bir oilaning to‘rt farzandi shifoxonaga yotqizildi. Yong‘inni o‘chirishga Ostona favqulodda vaziyatlar departamentining 15 kishidan iborat shaxsiy tarkibi va 4 ta o‘t o‘chirish texnikasi jalb qilindi , deya xabar berdi FVQ.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!