Xorazmlik shaxs ayol hamqishlog‘ining "sho‘rini quritdi"

Xorazmlik shaxs ayol hamqishlog‘ining "sho‘rini quritdi"

2019 yil 10 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Xorazm viloyatining Xonqa tumanida yashovchi N.B. imsli ayolning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirib, xonasidan umumiy qiymati 5 mln. 400 ming so‘m bo‘lgan 3 turdagi zargarlik buyumlari va Alkatel rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xonqa tumani Katta Jirmiz qishlog‘ida yashovchi M.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!