Xorazmda qimorxona fosh etildi

Xorazmda qimorxona fosh etildi

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasiga binoan qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish ta’qib qilinishi bois bu turdagi jinoyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ularning faoliyatiga chek qo‘yish qo‘yish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan doimiy ravishda maqsadli chora-tadbirlar olib boriladi.

2018 yil 19 dekabr kuni Xonqa tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Xonqa tumanida yashovchi, 1955 yilda tug‘ilgan A.J. o‘zining yashash uyida, shu tumanda yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan S.X., 1969 yilda tug‘ilgan T.Q., 1983 yilda tug‘ilgan T.J. va 1983 yilda tug‘ilgan I.A. larning pul tiqib qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi fosh etildi.

Hodisa joyidan qimor ga tikilgan 5 877 000 so‘m, 450 AQSh dollari va 5 000 Qozoq tengesi hamda ushbu pullarni bir qimorboz ning cho‘ntagidan o‘zgasinikiga o‘tkazib turishga sababchi bo‘lgan o‘yin kartalari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Qimorxona xo‘jayini ga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda, Xorazm viloyat IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilov ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!