Eronning qo‘shni davlatlar bilan savdo aylanmasi 19 milliard dollardan oshdi

Eronning qo‘shni davlatlar bilan savdo aylanmasi 19 milliard dollardan oshdi

Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida (Eron taqvimi bo‘yicha 21 martdan keyin) Eronning qo‘shni davlatlar bilan savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga oshib, 19 milliard 820 million dollarni tashkil etdi.

Bu haqda «Mehr» agentligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 18 milliard 687 million dollarni tashkil qilgan.

So‘nggi to‘rt yilda qo‘shni davlatlar bilan savdo aloqalari o‘sib, 60 milliard 700 million dollarni tashkil etdi. To‘rt yil avval bu ko‘rsatkich 36 milliard 500 million dollar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!