Parijdagi Olimpiya qishlog‘ida oziq-ovqat yetishmayapti, sifatsiz taomlar berilmoqda

Parijdagi Olimpiya qishlog‘ida oziq-ovqat yetishmayapti, sifatsiz taomlar berilmoqda

Buyuk Britaniyadan kelgan sportchilar Parijdagi Olimpiya qishlog‘ida oziq-ovqat tanqisligi va sifatsiz oziq-ovqatlardan shikoyat qildi.

Bu haqda Britaniya Olimpiya assosiasiyasi rahbari Endi Enson “Daily Mail” nashriga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, sportchilar Olimpiya qishlog‘idagi asosiy restorandan norozi.

«Katering kompaniyasi oziq-ovqat yetkazib berishni tezlashtirish ustida ishlamoqda. Ba’zi ovqatlar yetarli emas: tuxum, tovuq, ba’zi uglevodlar. Bundan tashqari, sportchilarga xom go‘sht beriladi. Biroq, oziq-ovqat sifati muhim ahamiyatga ega. Sportchilarimiz Klishidagi restoranimizda ovqatlanishni afzal ko‘rdi», dedi Anson.

Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!