Andijonda 17 yoshli yigit kanalda oqib ketdi

Andijonda 17 yoshli yigit kanalda oqib ketdi

Andijonda 17 yoshli yigit kanalda oqib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibiga tayanib, Uzreport.news xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 24 iyul kuni soat 13:30 larda Marhamat tumani, «Qovunchi» MFY, M.Yusuf ko‘chasi 25-uyda yashagan 2007 yilda tug‘ilgan S.S. Marhamat tumani, Qovunchi MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Farg‘ona kanali”da cho‘milayotgan vaqtida ehtiyotsizligi natijasida oqib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Marhamat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!