G‘azoda insonparvarlik yordamining xavfsiz taqsimlanishini ta’minlaydigan muhit hali ham o‘rnatilmagan

G‘azoda insonparvarlik yordamining xavfsiz taqsimlanishini ta’minlaydigan muhit hali ham o‘rnatilmagan

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) G‘azodagi inqiroz 10 oydan beri davom etayotgan bo‘lsada, insonparvarlik yordamlarining xavfsiz taqsimlanishini ta’minlaydigan muhit hali ham tuzilmagani haqida ogohlantirdi.
BMT Xavfsizlik Kengashida G‘azodagi gumanitar vaziyat muhokama qilindi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq maxsus koordinatorlik idorasi gumanitar yordam koordinatori Muhannad Hadi, a’zo davlatlarni bu yerdan xabardor qilar ekan, G‘azodagi har bir kishi jarohat va kasallik xavfi ostida ekanini aytdi.
Hadi bolalarning boshpanalarda tun bo‘yi yig‘lashi va ayollarning o‘rtacha 4 oyda bir marta cho‘milishlari mumkinligini, ota-onalar orasida farzandlarini ochlik va travmadan himoya qila olmaydigan o‘z joniga qasd qilish tendensiyalari borligini bildirdi.
Hadi «G‘azodagi fuqarolik jamiyati uchun zudlik bilan himoyaga muhtoj. Ayni paytda insonparvarlik yordam xodimlari, operasiyalar va ob’ektlar shafqatsiz hujumlardan himoyalanishi kerak» dedi.
«G‘azodagi inqiroz 10 oydan beri davom etayotgan bo‘lsada, xavfsiz gumanitar yordam tarqatilishini ta’minlaydigan muhit hali ham yaratilmagan» deb ogohlantirgan Hadi.
UNRWAga qarshi kampaniya va hujumlarning qabul qilib bo‘lmas ekanligini ta’kidlagan Hadi, gumanitar yordam operasiyalarini xavf ostiga qo‘yganiga diqqat qaratdi.
Hadi BMTning G‘azo xalqiga zaruriy yordamni zarur shartlar qo‘yilmagan holda yetkazishda qiynalganini ifoda etib, tomonlarning gumanitar yordam xodimlarini himoya qilish majburiyatini olganini qayd etdi.
U «G‘azodagi xavf-xatarlar qabul qilib bo‘lmas» deb, G‘azodagi insoniy vaziyatning avlodlar davomida barchani bezovta qilishini bildirdi.
Hadi gumanitar yordam xodimlarining tayyor ekanliklarini, ammo «kerakli vakolatni» ololmaganliklarini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!