Musulmonga hujum qilgan Angliya polisiyasi ofiseri ishdan haydaldi

Musulmonga hujum qilgan Angliya polisiyasi ofiseri ishdan haydaldi

Manchester polisiyasi Manchester xalqaro aeroportida musulmon yo‘lovchilarga hujum qilgan ofiserni ishdan haydaganini va voqea yuzasidan tergov boshlaganini ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib ketgan videoda polisiya xodimi yerda yotgan erkakning yuziga tepib, qanday bosib o‘tganini ko‘rish mumkin. Ofiser, shuningdek, ikki kishiga qarshi shovqinli qurol ishlatgan.

Ba’zi ommaviy axborot vositalarida polisiyachilardan biri keksa ayolni ham turtib yuborgani haqida xabar berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!