Mojaro tugaganidan keyin «Baykar» Ukrainada to‘liq ishga tushadi

Mojaro tugaganidan keyin «Baykar» Ukrainada to‘liq ishga tushadi

Rossiya bilan urush tugagach, Turkiyaning «Baykar Makina» kompaniyasiga qarashli «Bayraktar» uchuvchisiz uchish apparati ishlab chiqaruvchi zavodi Ukrainada to‘liq ishlay boshlaydi.

Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar «Euronews» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

– «Baykar Makina» bilan turli darajalarda, jumladan, zavod tashkil etishda ham ishlayapmiz, – dedi V.Bodnar.

Elchi xavfsizlik nuqtai nazaridan zavod haqida batafsil ma’lumot berishdan bosh tortdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!