BAA G‘azo sektorida vaqtinchalik xalqaro missiya tashkil etishni taklif qildi

BAA G‘azo sektorida vaqtinchalik xalqaro missiya tashkil etishni taklif qildi

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati gumanitar inqirozni hal qilish uchun G‘azo sektorida vaqtinchalik xalqaro missiya tashkil etishga chaqirdi.

Bu haqda BAA xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri Rim bint Ibrohim al-Hoshimiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida xavfsizlik va barqarorlikka erishish uchun birinchi navbatda Falastin anklavida Falastin hukumati roziligi bilan faoliyat yuritadigan, unga yangi bosh vazir rahbarlik qiladigan vaqtinchalik xalqaro missiya yaratish zarur.

BAA rasmiysining fikricha, missiya vazifalariga Falastin anklavidagi gumanitar inqirozga javob berish, tartibni tiklash, shuningdek, G‘arbiy Sohil va G‘azo sektorini birlashtira oladigan bo‘lajak hukumat poydevorini qo‘yish kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!