Saylovda qancha nomzod ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

Saylovda qancha nomzod ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi

Shu yilning 26 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi va bir qator tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, shu yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovini Konstitusiya va qonunlarga to‘la muvofiq holda yuqori saviyada o‘tkazish kun tartibining asosiy masalasi bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 128-moddasiga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari saylovi ularning vakolat muddati tugaydigan yil oktyabr oyining uchinchi o‘n kunligi birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilangan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining vakolat muddati 2024 yilda tugashini inobatga olib, saylovlar joriy yilning 27 oktyabrida o‘tkazilishi va saylov kampaniyasi 26 iyuldan boshlanishi haqida Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

Qayd etish kerakki, ushbu saylovlar Konstitusiyamizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tkazilayotganligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Majlisda ta’kidlanganidek, bu saylovlarning o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi.

Birinchidan, O‘zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari aralash saylov tizimi, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida o‘tkaziladi.

Deputatlarning 75 nafari bevosita majoritar tizim asosida, ya’ni saylovchilar o‘zlariga maqbul nomzodlarga ovoz berishi yo‘li bilan, qolgan 75 nafari esa, proporsional tizim bo‘yicha siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida saylanishadi.

Ikkinchidan, barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyati, ularning saylov jarayonlari ishtirokchilari bilan o‘zaro munosabatlari to‘liq raqamlashtirildi. Endilikda saylov tartibotlaridagi byurokratiya, ortiqcha vaqt sarfi va hujjatlar harakati qisqartirildi.

Uchinchidan, saylov qonunchiligi ilg‘or demokratik standartlarga mos ravishda tubdan takomillashtirildi. Jumladan, saylov organlarining Markaziy saylov komissiyasi boshchiligidagi yangi tizimi joriy etildi, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatishda ayollarning ulushi kamida 40 foiz bo‘lishi belgilandi. Bundan tashqari, deputatlikka nomzod saylanishi uchun saylovchilarning nisbiy ko‘pchiligi ovozini olishi belgilandi. Unga ko‘ra, nomzod tegishli saylov okrugida boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz to‘plagan taqdirda deputat bo‘lib saylanishi mumkin bo‘ladi va shu orqali takroriy ovoz berishni tashkil etish talab etilmaydi.

To‘rtinchidan, saylov Yangilangan Konstitusiya mustahkamlagan kuchli parlamentarizm va joylarda vakillik organlarining vakolatlari sezilarli darajada kuchaytirilgan sharoitda o‘tadi. Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa,

12 tadan 18 taga ko‘paytirildi. Parlamentning ijro etuvchi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyalari kengaytirildi. Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilishi bekor qilindi. Davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda vakillik organlarining rolini oshirish maqsadida avval hokimlar vakolatida bo‘lgan 33 ta vakolatlar mahalliy Kengashlarga o‘tkazildi.

Majlisda mazkur saylov mamlakatimizda demokratik davlatchilikning yorqin namunasi, fuqarolarimizning saylash va saylanish, davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirishda ishtirok etishga bo‘lgan konstitusiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

Saylovda Qonunchilik palatasining 150 nafar deputati, Senatning 56 nafar a’zosi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 65 nafar deputati, viloyatlar va Toshkent shahar, 208 ta tuman (shahar) Kengashlari deputatlari saylanadi. Shunga ko‘ra, 30 mingga yaqin nomzodlar, 90 mingga yaqin ularning ishonchli vakillari saylov jarayonida faol ishtirok etishi hamda 120 mingdan ortiq saylov komissiyalari a’zolari tashkilotchi sifatida, 70 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar ishtiroki kutilmoqda.

Saylovning mamlakat hayotidagi alohida o‘rnini e’tiborga olib, ushbu jarayonda fuqarolarni keng jalb etish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 27 oktyabrdagi saylov “Mening tanlovim – obod Vatanim” shiori ostida o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Tadbir doirasida saylovning texnologik yangiligi sifatida ishga tushirilgan “E-saylov” axborot tizimining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

“E-saylov” axborot tizimi orqali saylov komissiyalarining siyosiy partiyalar, nomzodlar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari bilan deyarli 60 turdagi munosabatlari to‘liq elektron tarzda amalga oshiriladi.

Axborot tizimi boshqa elektron platformalar bilan integrasiya qilingan bo‘lib, saylovdagi ko‘pgina tartib-taomillar inson omilisiz to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda 400 mingga yaqin saylov jarayoni ishtirokchilari, jumladan saylov komissiyalari a’zolari, deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilarga oid katta ma’lumotlar bazasi shakllanadi. Axborot tizimidan 32 ming nafar saylov jarayoni ishtirokchilari professional tarzda foydalanishadi. Foydalanuvchilar bilan 40 turdagi SMS-xabarnomalar orqali muloqot o‘rnatiladi.

“E-saylov” axborot tizimida fuqarolar uchun ham saylovga oid axborotlarni olishda bir qator qulayliklar joriy etilgan. Xususan, axborot tizimi saylovchilar va saylov uchastkalariga oid statistik ma’lumotlarni olish, barcha turdagi saylovlar bo‘yicha deputatlikka nomzodlar haqida axborotga ega bo‘lish, interaktiv xaritalarda deputatlikka nomzodlar va ularning tarjimai holi bilan tanishish imkonini beradi.

Majlisda qayd etilganidek, “E-saylov” axborot tizimi saylovlarni texnologik va ochiqlik jihatdan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Saylov kodeksining 37-moddasiga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar ega.

Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan bo‘lishi va partiyaning saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida 40 ming saylovchining imzosini to‘plashi lozim.

Bundan tashqari, komissiya majlisida saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni saylov qonunchiligida belgilangan muddatlarda bosqichma-bosqich o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan kalendar reja tasdiqlandi. Majlisda ta’kidlanganidek, Markaziy saylov komissiyasi xolis va mustaqil konstitusiyaviy organ sifatida bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni milliy qonunchilik, xalqaro saylov standartlariga to‘la muvofiq holda ochiq va oshkora o‘tkazilishini ta’minlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘radi.

Shuningdek, majlisda Markaziy saylov komissiyasi huzurida Matbuot markazi tashkil etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Sun’iy intellekt 2028 yilda Krishtianu Ronaldu 1000 ta golli marraga yetganida Lionel Messi qancha gol urishini bashorat qildi

«Манчестер Юнайтед»даги собиқ жамоадоши Рио Фердинанд билан мулоқотда Роналду фаолияти давомида 1000 та гол урган биринчи футболчи бўлиш истагини билдириб, шундай деган эди...

Birinchi marta! Kiyev chekinishga tayyor...

Киевда уруш бошланганидан бери биринчи марта Россияга ҳудудий имтиёзлар бериш масаласи муҳокама қилинди.

Evropa Ukrainani ham Isroilni ham xursand qiladigan qaror qabul qildi

Ғарб томонидан қўлланадиган икки давлат ЕИнинг Эронга Россияга қурол етказиб бергани сабабли санкцияларини олқишлайди.

Isroil Eronga zarba berishga tayyorlanmoqda. Saudiya Arabistonining reaksiyasi

Эрон "Сионистларга ёрдам берадиган ҳар қандай давлат Эроннинг "қизил чизиғини" кесиб ўтади ва зарар кўради", демоқда.

Isroil AQShga va’da berdi: "Eronga hujum qilamiz, ammo..."

Исроил Бош вазири Бинямин Нетаняху АҚШ президенти Жо Байден билан Исроилнинг Эрон ракета ҳужумига жавоб бериш мақсадлари ҳақида гаплашди.

BAA terma jamoasi futbolchisi O‘zbekistonga kelsa qamoqqa olinishi mumkin

15 октябрь куни Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 саралаши доирасида БААга қарши ўйнайди.

Aholi sonining kelajakdagi o‘sishiga turtki bo‘lgan Top-10 ta davlat

2037 йилга бориб дунё аҳолиси тўққиз миллиардга етиши кутилмоқда. Хўш, бу одамлар қаэрда яшайдилар?

Mehnat migrantlari yangi usulda Rossiyaga ishga jalb qilinishi mumkin

Россия Меҳнат вазирлиги патент ўрнига ишга қабул қилишнинг ташкилий механизмини жорий қилиши мумкин.

O‘tkir Yusupov sabab «Fulad» klubi matbuot kotibi ishdan ketdi

Маълумки, дарвозабон Эрон чемпионатида иштирок этувчи «Фулад» жамосида тўп суради.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Afg‘oniston: Biz 2 imperiyani yo‘q qildik, keyingisi – AQSh

"СССР Афғонистонга кирганида уларнинг империяси парчаланиб, Россияга айланди".

Pensiya yoshi oshishi haqidagi gap-so‘zlarda jon bormi?

Бундан тўрт кун олдин, яъни 2024 йил 23 сентябр куни Вазирлар Маҳкамасининг “Давлат пенсия таъминоти тизимини ислоҳ қилиш концепциясини ишлаб чиқиш бўйича ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида”ги 600-сонли қарори қабул қилинди.

JCH-2026 chempionligi uchun asosiy favorit terma jamoalar ro‘yxati tuzib chiqildi

Goal нашри 2026 йилги жаҳон чемпионати фаворитлари рейтингини тузди.

Rossiya Idlibni bombardimon qilmoqda

Россия қуролли кучлари ҳозирда ислом қўшинлари назорати остида бўлган Идлибга зарба берди.

Sholsning Ukrainaga yordami qimmatga tushmoqda

Бу ҳақда The New York Times хабар берди.

Kim Chen Inning noyob droni

АҚШ ҳарбийлари MQ-9 Reaper ва RQ-4 Global Hawk учун Hellfire ракетасининг "қайта ишланган нусхаси"дан фойдаланаётган янги КХДР учувчисиз аппаратини диққат билан кузатиб бормоқда.

Rossiya qo‘shinlari Kupanskka yaqinlashmoqda

Россия қўшинлари учун Харков вилоятининг Купянск шаҳрига қадар 6 километр қолди.

Lavrov Turkiyaga yetib keldi

Россия Ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Эрон , Озарбайжон , Арманистон ва Грузияни ўз ичига олган Жанубий Кавказ учун «3+3» платформасида иштирок этиш учун Туркияга ташриф буюрди . Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Turkiya Suriya bilan chegaradosh viloyatga snaryadlar tushganini ma’lum qildi

Туркиянинг Сурия билан чегарадош Килис вилоятига камида иккита снаряд тушди . Бу ҳақда CНН Турк телеканали хабар берди .

Isroil G‘azoda HAMAS yetakchisi Sinvar o‘ldirilganini tasdiqladi

Ғазодаги ХАМАС раҳбари Синварнинг йўқ қилингани Исроилда тасдиқланди.

Ikki mingdan ortiq noqonuniy muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Москвада бир ҳафта давом этган «Нолегал-2024» операциясининг иккинчи босқичи якунларига кўра, 2 мингдан ортиқ муҳожир Россиядан чиқариб юборилади, деб ёзади «РИА Новости» Россия Ички ишлар вазирлигига таяниб.

Eron yadroviy quroldan ham kuchliroq qurolga ega

Эрон ядровий қуролдан сезиларли даражада устун бўлган махфий қуролларга эга, деди Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИРГC) тараққиёт ва қуролланиш комиссиясининг собиқ котиби, бригада генерали Иброҳим Ростами.

Rossiya harbiylari Kursk viloyatida Ukraina qurolli kuchlarining 500 nafar jangchisini qurshab oldi

Украина Қуролли Кучларининг 500 нафаргача ҳарбий хизматчиси Курск вилоятининг Любимовка шаҳрида рус ҳарбийлари томонидан қуршаб олинган.

Gollandiya Ukraina uchun o‘q-dorilar uchun 271 million yevro ajratadi

Нидерландия Киевга ўқ-дорилар етказиб бериш учун 271 миллион евро ажратади . Бу ҳақда бош вазир Дик Шоф Х ижтимоий тармоғида маълум қилди .

Toshkent viloyatida hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarildi

Шундан сўнг у малакали тиббий ёрдам кўрсатиш мақсадида шифохонага олиб борилиб, тиббий кўрикдан ўтказилди, дейилади ФВВ хабарида.

Trampga suiqasd qilishda ayblanuvchi arman bo‘lib chiqdi

Президентликка номзод Доналд Трампга учинчи марта суиқасд қилишда айбланаётган 49 ёшли Вем Миллер Fox News Дигиталъга берган интервьюсида унга қарши айбловлар ёлғон эканини айтди.

Isroil askarlari Livan qishlog‘ini bombalab, uni nishonlayotganini suratga oldi

Исроил кучлари Ливаннинг Мҳаибиб қишлоғида катта миқдордаги портловчи моддаларни портлатди.

Andijonda Spark va Damas to‘qnashdi, mashinalar yonib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Воқеа 13-октабр куни Улуғнор туманидан ўтган Наманган—Мингбулоқ йўлида содир бўлган.

Toshkentdagi Miran mehmonxonasi binosida ro‘y bergan yong‘in o‘chirildi

Ёнғинни ўчиришда жами 14 нафар экипаж иштирок этди. Соат 18:19 да ёнғин маҳаллийлаштирилиб, 19:16 да ўчирилди.

AQSh xavotirda, ammo hech narsa qilmoqchi emas

АҚШ Шимолий Корея аскарлари Украинада Россия томонида жанг қилаётгани ҳақидаги маълумотлардан хавотирда.

Pezeshkian qotillarni to‘xtatmoqchi

Эрон президенти мусулмон давлатларини Исроилга қарши бирлашишга чақирди.

Xitoy Tayvanni "yo‘q qilish" bilan tahdid qildi

Хитой билан зиддият кучайса, Тайван «ҳалокат»га дуч келади, деди Хитой Давлат кенгаши қошидаги орол ишлари бўлими раиси Чен Бинхуа. Унинг сўзларидан Reuters иқтибос келтирмоқда.

G‘alaba re’jasi: Zelenskiy kerakli narsalar ro‘yxatini e’lon qildi

Зеленскийнинг сўзларига кўра, ғалаба режасининг иккинчи бандини муваффақиятли амалга ошириш учун қуйидагилар керак...

"Kursk operasiyasi tufayli biz Putinning bosimga dosh berish uchun yetarli kuchi yo‘qligini ko‘rdik"

Зеленский Украина қўшинлари Россиядан кетмоқчи эмаслигини айтди.

Shimoliy koreyaliklar armiya safiga ommaviy ravishda kirmoqda

Корея ярим оролида уруш муқаррарми?

"Hizbulloh"ning dahshatli bayonoti e’lon qilindi

"Ҳизбуллоҳ" аллақачон Исроил билан уруш ҳолатида.

Qozog‘istondagi YTHda 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Қозоғистоннинг Манғистоу вилоятида содир бўлган ЙТҲ оқибатида олти нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди, яна тўрт нафари шифохонага ётқизилди.