Xonanda Andi Yulduz Usmonova xonadonida mehmon bo‘ldi (foto)

Xonanda Andi Yulduz Usmonova xonadonida mehmon bo‘ldi (foto)

O‘zbekistonda o‘z konsertlarini taqdim etgan xorijiy san’atkor Andi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova xonadonida mehmon bo‘ldi! Bu haqda "fattohhon.com" xabar berdi.

Nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa davlat xonandalari ham tan bergan, qo‘shiqlarini o‘zga yurt tinglovchilari ham berilib tinglaydigan Yulduz Usmonovaning ko‘ngillarni ta’sirlantirgan “Xasta bo‘lma” qo‘shig‘i Andining ham ko‘nglidan joy oldi! Andi qo‘shiqni berilib tingladi va samimiy fikrlar bildirdi.

Ikki san’atkor o‘zaro ijodiy hamkorlik haqida suhbatlashishdi.

Ajab emas, bu mehmondo‘stlik va samimiy suhbat, keyinchalik ikki san’atkorning ikki xalq yuragidan joy oladigan duetlariga sabab bo‘lsa...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!