Xitoydagi baxtsiz hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Xitoydagi baxtsiz hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Xitoy shimoli-sharqida Xeylunszyan provinsiyasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi va bir kishi yaralandi. Bu haqda "Sinxua" 4 sentyabr, shanba kuni mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berdi.

"Fojia shanba kuni soat taxminan 04:00 da Sitayxe shahrining Boli tumanida sodir bo‘lgan, tirkamali traktor to‘rt g‘ildirakli traktor bilan to‘qnashgan", — deyiladi xabarda.

XXR Jamoat xavfsizligi vazirligi voqea joyiga ishchi guruhini yuborib, hodisaning sabablarini aniqlashga va uning oqibatlarini bartaraf etishga yordam berdi.

Ayni paytda hodisa sabablarini o‘rganish davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!