Xitoy: yuzlab xoy musulmonlari tarixiy masjid buzilishiga qarshi chiqdilar

A A A
Xitoy: yuzlab xoy musulmonlari tarixiy masjid buzilishiga qarshi chiqdilar

Xitoy shimolida ko‘pchilik aholisi musulmonlar bo‘lgan Ningxiya viloyatida yuzlab kishilar mahalliy hukumatning yaqinda yangidan ta’mirlangan masjidni buzish haqidagi qaroriga qarshi namoyish o‘tkazdilar.

«Janubiy Xitoy tongi» gazetasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Fueko shaharchasida yuzlab xoy musulmonlari Katta Fueko masjidi oldida chiqarilgan qarorni qoraladilar. Mazkur masjid bundan 600 yil oldin Xitoy uslubida qurilgan va madaniy inqilob davrida vayron qilingan.

Ular mahalliy hukumatning kelgusi oy boshida buzilishiga qaror qilingan tarixiy masjid buzilishiga noroziliklarini bildirdilar.

Mahalliy hokimiyat tarixiy masjidni yiqitish uchun, qurilishga ruxsat berilmagan bahonasini uzrli sabab sifatida ko‘rsatishmoqda.

Mazkur manbaga ko‘ra, ushbu namoyish Ningxiya tarixidagi eng kattasi hisoblanadi.

Xitoy hukumatining 2012 yildagi statistik ma’lumotiga qaraganda, Xitoyda 10 million xoy bo‘lib, ular mamlakatdagi musulmonlarning yarmini tashkil qiladi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!