Xitoy xalqaro farzand asrab olish dasturini to‘xtatadi

Xitoy xalqaro farzand asrab olish dasturini to‘xtatadi

Xitoy hukumati xorijliklar uchun amal qilib kelgan farzand asrab olish dasturini bekor qilmoqchi. Qo‘shma Shtatlar ushbu qaror arizalari ko‘rib chiqilayotgan yuzlab amerikalik oilalarga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda.

“The Guardian” nashri yozishicha, XXR Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning bundan buyon Pekin Xitoydan bolalarni xalqaro miqyosda asrab olishga ruxsat bermasligini e’lon qildi. Qon-qarindoshi bola yoki o‘gay o‘g‘ilni qaramog‘iga olishi mumkin bo‘lgan holatlar bundan mustasno.

Mulozim bu qaror tegishli xalqaro konvensiyalar ruhiga mos ekanini aytishdan boshqa izoh bermagan.

– Bolalarimizni asrab olishga tayyor xorijiy hukumatlar va oilalarga ularning yaxshi niyati, mehri uchun minnatdorlik bildiramiz, – deya qo‘shimcha qildi Mao.

Ma’lumotga ko‘ra, amerikalik oilalar Xitoydan 82 674 bolani asrab olgan. Bu barcha mamlakatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich.

COVID pandemiyasi tufayli 2020 yil xorijdan bolani o‘z qaramog‘iga o‘tkazish to‘xtatilgan. Xitoyda siyosiy, demografik va iqtisodiy vaziyat o‘zgarishi mazkur siyosat o‘zgarishiga olib keldi.

2023 yil Xitoyda tug‘ilish 9,02 million, aholi soni ham ketma-ket ikkinchi kamaydi. O‘nlab yillar davom etgan “bir oila, bir bola” siyosati bolalar, ayniqsa qizlarni farzand qilib olishda asosiy omil bo‘lib kelgan. Endi hukumat ko‘proq tug‘ilishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!