Xitoy Rossiyani uzoq masofaga uchuvchi samolyotlar loyihasidan chiqarib tashladi

Xitoy Rossiyani uzoq masofaga uchuvchi samolyotlar loyihasidan chiqarib tashladi

Xitoy tomoni Rossiyani uzoq masofaga uchuvchi samolyotlar loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishdan to‘xtatdi, deb xabar berdi anonim manba. U dastlab CR-929 deb nomlangan va harflar loyihada ishtirok etayotgan ikkala davlatni ham bildirgan. Endilikda S-929 nomi, ya’ni Rossiyani bildiruvchi harf yo‘qoldi, deb yozadi «Kommersant». Garchi XXR va Rossiya Federasiyasi rasmiylari bu borada bayonot bermagan bo‘lsalar ham.

Farnboro yarmarkasidagi SOMAS stendida samolyot modeli taqdim etildi va u yerda Rossiya haqida tilga olinmagan.

Dastlabki rejaga ko‘ra, samolyotni Rossiya ishlab chiqishi, Xitoy esa uni ishlab chiqarishi kerak edi. G‘arb Ukrainaga qilingan hujum tufayli Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalar kiritganidan so‘ng, Xitoy Rossiya bilan hamkorlikdan voz kechishi tabiiy edi, deydi ekspertlar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!