Xitoy cheklanmagan energiya manbai bo‘ladigan “sun’iy quyosh” yaratishni yakunlamoqda

Xitoy cheklanmagan energiya manbai bo‘ladigan “sun’iy quyosh” yaratishni yakunlamoqda

2019 yilda Xitoyning termoyadro sintezi uchun tajribaviy reaktori EAST ni yaratish jarayoni yakunlanadi. Bu haqda Xitoyning milliy yadro korporasiyasi rahbari Duan Suru ma’lum qildi.

Sun’iy quyosh deb ataluvchi qurilma Quyoshdagi yadro sintezi jarayoniga o‘xshash reaksiyani yaratishga imkon beradi. Shu tariqa fiziklar cheklanmagan energiya manbasini olishga umid qilishmoqda

Suruning aytishicha, yangi tokamak (magnit g‘altakli toroidal kamera) ionlarni Selsiy bo‘yicha 100 mln darajagacha qizdirishi mumkin, bu esa Quyoshning ionlaridan 7 marta issiqroqdir. Bu temperatura chegarasiga yetish termoyadro reaktorlarini yaratishning shartlaridan biri hisoblanadi.

Noyabrda xitoylik olimlar elektronlarni plazmada 100 mln darajagacha, ionlarni esa 50 mln darajagacha qizdirishga muvaffaq bo‘lishganinini ma’lum qilishgan.

Manba: kun. uz

Teglar


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!