Xitoy bilan paxtachilik yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi

Xitoy bilan paxtachilik yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi

Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoy Xalq Respublikasining “BGI Group” kompaniyasi direktori Yin Yeni qabul qildi.

Samimiy ruhda boshlangan muloqotda amaldagi keng qamrovli hamkorlik loyihalarining joriy holati va amalga oshirilayotgan investision loyihalar e’tirof etildi.

Binobarin, ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti yo‘nalishida Xitoydan olingan fitosanitariya ruxsatnomalar soni 22 taga yetkazilgani, doimiy ravishda jelatin, chorva ozuqasi, ipak xomashyosi, jun, asal va asal mahsulotlari, ichak mahsulotlari, parranda go‘shti eksporti amalga oshirib kelinayotgani ta’kidlab o‘tildi.

O‘z navbatida, Xitoyning paxtachilikda ilg‘or sanalgan 15 dan ortiq kompaniyalaridan 1 ming 738 tonna urug‘lik chigit olib kelinib parvarishlanayotgani va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish uchun ekish jarayoniga xorijiy mutaxassislar jalb qilingani haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuvda ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirish, birgalikda paxta genomikasi bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha bir qancha takliflar o‘rtaga tashlanib, bu borada amaliy ishlarni boshlashga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!