Xavfli xastalik bilan kurashgan mashhur aktyorning rafiqasi 58 yoshida vafot etdi (foto)

Xavfli xastalik bilan kurashgan mashhur aktyorning rafiqasi 58 yoshida vafot etdi (foto)

Gollivud yulduzi Jon Travoltaning rafiqasi hayotining 58-yilida vafot etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kelli Preston ko‘krak bezi saratoniga qarshi ikki yillik muvaffaqiyatsiz kurashdan so‘ng bu olamni tark etgan.

“Qalbimda ming og‘riq bilan rafiqamning ko‘krak bezi saratoniga qarshi ikki yillik kurashda yengilganligi haqida xabar bermoqdaman. U ko‘plab odamlarning sevgisi va qo‘llab-quvvatlashi ila xastalikka qarshi jasorat bilan kurashdi. Mening oilam va men shifokor hamda hamshiralardan doimo minnatdormiz, yordam bergan barcha tibbiy markazlarga, shuningdek, uning yaqin do‘stlari va qarindoshlariga rahmat aytaman”, deb yozgan aktyor Instagramdagi sahifasida.

Xavfli xastalik bilan kurashgan mashhur aktyorning rafiqasi 58 yoshida vafot etdi (foto)

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!