Xarkovda qurilish gipermarketidagi portlashda qurbonlari soni 11 kishiga yetdi

Xarkovda qurilish gipermarketidagi portlashda qurbonlari soni 11 kishiga yetdi

«Afsuski, episentrdagi [qurilish gipermarketida] halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi», — deb yozdi yakshanba kuni ertalab Xarkov viloyati ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov o‘zining Telegram’dagi kanalida.

Bir kun avval viloyat ma’muriyati hujum qurbonlari soni besh kishi bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Yana 16 kishi, Sinegubovga ko‘ra, shanba oqshomida bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritilgan. 40 kishi jarohatlangan.

Qurilish gipermarketiga zarba 25 may kuni tushdan keyin soat ikkilarda ikkita sozlanishi havo bombasi yordamida amalga oshirildi. Ayni paytda binoda 200 kishi bo‘lishi mumkin.

Qurilish gipermarketi portlatilganidan bir necha soat o‘tib, Rossiya raketalari Xarkov markazidagi besh qavatli binoga tegib, 18 kishini jarohatladi.

Xarkov viloyatida havo hujumi haqida ogohlantirish 20 soatdan ortiq davom etdi, deb hisoblaydi Xarkov Life telegram kanali.

Rossiya rasmiylari shaharga berilgan zarbalar haqida izoh bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!