Xamzat Chimayev Konor Makgregorga yordam berishga tayyorligini aytdi

A A A
Xamzat Chimayev Konor Makgregorga yordam berishga tayyorligini aytdi

Xamzat Chimayev Konor Makgregorga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

«Agar u qaytishni istasa va unga yordam kerak bo‘lsa, biz shu yerdamiz. Agar u Usman bilan jang qilmoqchi bo‘lsa, menimcha, UFC bu jangni tashkil qiladi. Chunki Konor juda mashhur. Ikkalasi ham yaxshi pul ishlashlari mumkin.

Demak, agar ikkalasi ham buni qilishni xohlasa, UFC buni tashkil qiladi. Gilbert Bernsni mag‘lub etganidan so‘ng, chempionlik uchun navbatdagi da’vogar men bo‘laman deb o‘ylayman, ammo bu biznes. Ular mashhurroq va ko‘proq pul topadiganlarni tanlaydilar. Men buni tushunaman, lekin qanday bo‘lishini ko‘ramiz. Agar Konor biz bilan mashg‘ulot o‘tmoqchi bo‘lsa, marhamat», — dedi Chimayev o‘zining Youtube kanalida e’lon qilingan videoda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!