Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni uzdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni uzdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi Afg‘oniston bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bu haqda XVJ vakili Jerri Rays bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston yangi hukumati qonuniyligini boshqa davlatlar tan olmagunga qadar, respublika bilan hamkorlik tiklanmaydi.
"Biz Afg‘oniston hukumatini tan olish borasida xalqaro hamjamiyatga qarab ish tutamiz, hozircha esa bunday ma’lumotga ega emasmiz. Shu bois, XVJning respublikadagi dasturi vaqtincha to‘xtatildi", - deb qayd etdi Rays.

U shuningdek, avgust oyida mamlakatlar o‘rtasida taqsimlangan maxsus huquqlar toliblarga joriy etilmasligini eslatib o‘tdi.

Rays, shuningdek, Afg‘onistondagi nostabil vaziyatdan tashvishdaligini bildirdi.
"Mamlakat fuqarolariga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish va mablag‘larni, shu jumladan unchalik ko‘p bo‘lmagan mablag‘larni o‘tkazishga ruxsat berish, shuningdek, qochoqlarni qabul qilayotgan mamlakatlarga yordam ko‘rsatish ustuvor vazifaga aylanishi lozim", - dedi XVJ vakili.
Ilgariroq, AQSh Afg‘oniston Markaziy banki rezervlarining kattagina qismini muzlatib qo‘ygandi. Bu o‘laroq respublika yetti milliard dollarga yaqin pullardan mahrum bo‘ldi.

Mamlakat hokimiyati tepasiga kelgan toliblar, amerika valyutasi saqlab qolinishiga yo‘naltirilgan qator choralarni qabul qildilar. Dollar berishga qo‘yilgan taqiq shu choralardan biri bo‘ldi. Endilikda afg‘onlar naqd pullarni faqat milliy valyutada olishlari mumkin.
Sentyabr oyi boshida jangarilar yangi hukumat tarkibini e’lon qilgan edi. Bu yangilik jahon hamjamiyati orasida turli munosabatlarni yuzaga keltirdi.
Radikallar shu vaqtgacha bergan va’dalarga qaramay, Afg‘oniston vazirlar kabineti inklyuziv bo‘lmadi. Unda Afg‘oniston turli siyosiy kuchlari, sobiq hukumat kuchlari va ayollar taqdim etilmagan.
Davlatlarning aksariyati bunday hukumatning qonuniyligini tan olishdan voz kechdi va toliblardan hukumat tarkibiga o‘zgartirish kiritishni talab qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!