"WomanEL": "Maftunkor O‘zbekistonga tashrif buyurishning 6 sababi!"

"WomanEL": "Maftunkor O‘zbekistonga tashrif buyurishning 6 sababi!"

Bu mamlakatda juda ko‘p miqdordagi go‘zalliklar yashiringan.

O‘zbekiston so‘nggi paytlarda sayyohlar orasida tobora ko‘proq qiziqish uyg‘otayotgani bejiz emas. Pandemiya paytida ba’zi odamlar o‘zlari uchun yangi ilhom manbalarini izlaydilar. Va bu mamlakat ulardan biri bo‘lishi mumkin.

Lekin nima uchun? "WomanEL" sizga O‘zbekistonni sevib qolishingizning bir necha sabablarini aytib beradi.

Ipak yo‘lining buyuk shaharlari

Turkiyadan Xitoyga afsonaviy Ipak yo‘li yurish uchun vaqtingiz yo‘qmi? O‘zbekiston eng qisqa vaqt ichida ham ushbu mashhur savdo yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi narsalarni sinab ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi.

Bu yerda siz puxtalik bilan qayta tiklangan dunyodagi eng yaxshi islom me’moriy inshootlardan birini ko‘rishingiz mumkin. Bundan tashqari, bu yerda jahon savdo markazlari bo‘lganida hayot qanday bo‘lgani haqida haqiqiy tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin.

Orol dengizi

Bu dunyodagi eng syurrealistik manzaralardan biri hisoblanadi. Atrof tashlandiq kemalar va ular ketidan yaroqsiz holga kelgan qishloq xo‘jalik yerlarining qabristoniga aylandi. Bu O‘zbekistonning eng ko‘p tashrif buyuriladigan sayyohlik maskanlaridan biri bo‘lib, atrof-muhitga qanchalik oson va tez zarar yetkazish mumkinligi haqida hushyor torttiradi.

Bepoyon cho‘llar

O‘zbekiston-cheksiz qumli kengliklar va tik baland tog‘lar o‘lkasi. Bu O‘zbekistonning eng mashhur tashrif buyuruvchisi Iskandar Zulqarnayn ko‘p asrlar avval o‘tib kelganidan beri kam o‘zgargan qismidir.

Shirin taom

O‘zbek taomlari hech qanday gastronomik mukofotlarga ega bo‘lmaydi, lekin u to‘yimli va mazali. Mahalliy palov va ko‘mirda pishgan qo‘y go‘shtidan kabobni ta’tib ko‘rishingizni maslahat beramiz.

YUNESKO Jahon merosi ob’ektlari

O‘zbekistonda Samarqand va Buxoro kabi YUNESKO ning ajoyib Jahon merosi ob’ektlari mavjud. Shuningdek, u Xiva kabi dunyoning boshqa ko‘plab mo‘’jizalari bilan maqtana olishi mumkin.

Rang-barang poytaxt

Toshkent 1966 yildagi zilzila oqibatida vayron bo‘lgan va sovet uslubida qayta qurilgan. Natijada qat’iy sovet binolari, klassik rus arxitekturasi va restavrasiya qilingan XII asr masjidlarining uyg‘unlashuvi paydo bo‘lgan. Bu uyg‘unlashuv juda ham ajoyib ko‘rinish hosil qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!