WBO'ning yangilangan reytingi e’lon qilindi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) aprel oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi.
Reytingdan 7 nafar bokschimiz joy oldi:
✅Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): 6-o‘rin;
✅Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) o‘tgan oydagi kabi 5-o‘rinda qoldi;
✅Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) 6-o‘rin;
✅Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) 7-o‘rin;
✅Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) o‘tgan oydagi kabi 2-o‘ringa joylashdi;
✅Bektemir Meliqo‘ziyev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidan 3 pog‘ona pastlab 10-o‘ringa joylashtirildi;
✅Bahodir Jalolov (superog‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagi singari 15-o‘rinda qoldi.