Viloyatlarda ichki turizm yarmarkalari o‘tkaziladi

Viloyatlarda ichki turizm yarmarkalari o‘tkaziladi

Ichki turizm yo‘nalishida “To‘rt faslning har birida sayohat” turizm mavsumining ochilishi doirasida hamda mamlakatimiz viloyatlarining turistik salohiyatini oshirish, aholi orasida ichki sayohatlarni kengaytirish maqsadida, joriy yilning 30-iyulidan 17-sentyabriga qadar yurtimizning barcha hududlarida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizm yarmarkalari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur yarmarkalarda ichki turizm sohasida faoliyat yurutuvchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi), umumiy xisobda 700 dan ortiq korxona va tashkilotlar, hamda 15 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashishi kutilmoqda.

Yarmarka kunlarida hududlarning turistik salohiyatini oshirish, mahalliy sayyohlarni jalb qilish, turizm xizmatlari eksportini kengaytirish maqsadida ko‘plab yangi va qiziqarli turistik mahsulotlar taqdimotlari namoyish etiladi.

Ichki turizm yarmarkalarining hududlar kesimida o‘tkazilish vaqtlari:

30-iyul – Qashqadaryo viloyati;

1-avgust – Buxoro viloyati;

2-3-avgust – Surxondaryo viloyati;

6-avgust – Samarqand viloyati;

7-avgust – Namangan viloyati;

15-avgust – Andijon viloyati;

20-avgust – Sirdaryo viloyati;

21-avgust – Toshkent shahri;

21-avgust – Jizzax viloyati;

22-avgust – Navoiy viloyati;

24-avgust – Toshkent viloyati;

27-avgust – Xorazm viloyati;

29-avgust – Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

17-sentyabr – Farg‘ona viloyati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!