Videooperator chiroyli kadr olish uchun professional sportchilardan tezroq yugurdi

Videooperator chiroyli kadr olish uchun professional sportchilardan tezroq yugurdi

Reddit portalida krossfit bo‘yicha musobaqalarda videooperatorning o‘z ishini astoydil bajarayotgani videosi xitga aylandi. Gap shundaki, videooperator chiroyli kadr olish ilinjida professional sportchilardan tezroq yugurgan. Bunday qobiliyatlar bilan maqtanmaslikning iloji yo‘q, lekin bunda bir kichik “nyuans” bor.

2007 yildan boshlab “jismonan kuchli va bardoshli kishini” aniqlash bo‘yicha krossfit bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinadi. Rolikda ushbu musobaqalarning operator Marston Soyers tomonidan olingan 2016 yildagi bosqichlaridan biri – 256 metrga yugurish lavhalari keltirilgan. E’tiborlisi, videoda operator professional sportchilardan tezroq yugurayotganini ko‘rish mumkin. 

Gap nimada dersiz? Agar musobaqada olingan boshqa bir video ko‘zdan kechirilsa, unda operator musobaqa ishtirokchilaridan avvalroq yugura boshlaganini ko‘rish mumkin. Ya’ni unda ustunlik bo‘lgan.

Biroq bu “nyuans” musobaqani yoritgan sharhlovchilarni chaqqon operatorni maqtash fikridan qaytarmagan. Chunki operator avvalroq yugura boshlaganiga qaramay, unga yugurishida ko‘plab detallar, misol uchun qo‘lidagi og‘ir kamera murakkablik tug‘dirgan. 

“Unutmang, uning bir qo‘lida kamida 9 kilogramm bor”, deb aytgan foydalanuvchilardan biri.

“Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, uning ishi tahsinga sazovor. U bir qo‘li band holda, oldinga qaramay va kamera bilan baribir tezroq yugurgan”, deb ta’kidlab o‘tgan yana bir foydalanuvchi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!