O‘ziga o‘t qo‘ygan surxondaryolik erkak xalqdan kechirim so‘radi. Nega? (video)

O‘ziga o‘t qo‘ygan surxondaryolik erkak xalqdan kechirim so‘radi. Nega? (video)

Bir oz avval ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali o‘zini Termiz tumani hokimiyat binosida yoqib yuborgan Surxondaryolik erkakning prezident Shavkat Mirziyoyevga qilgan videomurojaati tarqalgandi. Bu haqda saytimiz orqali ham xabar bergan edik.

Bugun 3 mart kuni Surxondaryo viloyati hokimligining feysbukdagi sahifasida yana bir videorolik joylashtirilib, undagi murojaat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining navbatdagi muhokama mavzuiga aylanmoqda.

Videorolikda o‘ziga o‘t qo‘ygan surxondaryolik erkak quyidagi so‘zlarni aytadi:

Assalomu alaykum hurmatli prezidentim va xalqim! Men qiynalganimdan shunday ishlarni qildim. Lekin men qonun doirasini yaxshi tushunmagan ekanman. Prokuratura bilan hokimimizga biron marta uchrashmadim. Hozir hokim yonida prokuror bilan uchrashib, ishimiz 15 daqiqada hal bo‘ldi. Rahmat bularga. Men tushunmay shunday ish qilib qo‘ydim, o‘zimni aybdor bilaman. Meni kechiringizlar...

Bu qiynalganimdan to‘g‘ri Tojikistonga borib ishlab, qarzdor bo‘ldim. Qarzim ko‘pligidan shu ishlarga qo‘l urdim. Men davlatimdan, fuqarolarimizdan kechirim so‘rayman. Xudoga shukr, hokim bobomiz 15 minutga qolmay ishlarimizni hal qilib berdi, rahmat deydi fuqaro E.B.

Videomurojaatda shunchaki fuqaroning o‘zini ko‘rib, undan muammosini hal etilganligini eshitish mumkin. Biroq, uning so‘zlayotgandagi kayfiyati uning muammosi hal etilgandek ko‘tarinki ruhda emas. Sababi, fuqaro muammosi qay darajada hal etildi, bu haqda misollar bilan batafsil izoh bermaganligi bois shunday fikrga kelishimiz tabiiy. Aks holda bu videomurojaatning feysbukda joylashtirilishidan qanday maqsad ko‘zlanganligini tushunish qiyin. Qolaversa, o‘tgan galgisidan farqli o‘laroq, bu galgi videomurojaatida u gapirishga undalganligini ham payqash qiyin emas.

Haqiqatga esa tez orada jurnalistlar yordamida aniqlik kiritiladi.

Xususan, videomurojaat ostida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozib qoldirayotgan izohlari ham bizning e’tiborimizdan chetda qolmadi.

Komil Aka Odnostoronee video, vidno chto zastavili

Azamat Xodjakov Baribir oxirida o zi aybdor bo lib chiqibdi-da

Dilshodbek Kudratov Eeee qo‘ysalaringchi endi nima keragi boridi shu narsani,tushuntirish xati, tashakkurnoma,bunaqa videolar bilan obro‘ topib bo‘lmaydi,xaqiqiy xalqni dardi bilan yashaydigan raxbarni qilayotgan ishlariga xalq o‘zi baxo beradi

Muallima Xonim Nilufar Mamadiyeva Odamlar kimni oqlabsizlar qiynalgan hamma o zini osayversa yoqayversa o ldirayversa bu axmoqlik.Musulmon odamni gapi ham ishi ham emas bu ish hatto xayol ham surush gunoh. Bu odam zaifa emas erkak.Olloh bergan jonni Olloh oladi odam o zini o zini o ldirishga urunishni oqlab bo lmaydi.Yosh bola emas kab katta odam uyalinge suf sizga.Ayol bo lsangiz ham ojiza aqlli kalta zaifa degan vajlar bilan oqlashga harakat qilarmidik.Undan ko ra go girtga ketgan qo lingizni duoga ochib barcha narsaga qodir zot Ollohdan rizq barokat so rsng edi. Istig for ayting edi. Mulk surasini oqing edi. Olloh barcha muommolaringizni yechimini berar edi.Siz erkaksiz oila qorg oni millatning or nomusi uylab ish qilish ketak sabr matonat sizga xos.Olloh yigit kishini rizqinini keng mo l qilib qo yadi barokati bilan beradi. Ollohdan so rang bundan keyin bunaqa qilmang iltimos sizga yarashmaydi

Azamat Imamdjanov Vohliro bir og iz hokimiyatga borib murojat qisala ishlari bitarkan bula vohma qilib uzlarini uzlari yoqib yuriptila

Anvar Usmanov Nima keragi bor bunaka videolani xamma kurbuldiku. Nima buganini.

Anvar Usmanov Odin kattedi Xokimiz????

Shaxina Salomova sozdayte dni vstrech-priyoma s narodom i takogo nadeyus bolshe ne povtoritsya...ya po moyemu lichno vam uje pisala,nado bit poblije k narodu

Zokir Juraev Xm ishonish qiyin


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!