«O‘zbekneftgaz» inkor qildi. Namanganda nima portladi?

«O‘zbekneftgaz» inkor qildi. Namanganda nima portladi?

Kecha, 6 dekabr kuni tushlik vaqtida Namangan shahri va Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on, Uychi hamda Chortoq tumanlarida kuchli gumburlash ovozlari eshitilgani va buning sababi Mingbuloqda neft qidirish ishlari bilan bog‘liq ekani haqida internet OAVlarda xabarlar tarqalgandi. Ammo «O‘zbekneftgaz» mazkur ma’lumotni tasdiqlamadi.

«Biz rasman mazkur ma’lumotning yolg‘on va asossiz ekanini bildiramiz. Hozirda «Mingbuloq» konida o‘zbekistonlik va xitoylik mutaxassislar shtat rejimida M-15 qudug‘ida ish olib borishmoqda. 

Shu munosabat bilan fuqarolarga ishonchli manbalarning ma’lumotiga e’tibor qaratishga, jurnalistlardan esa tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqatmaslik va aholini chalg‘itmaslikni so‘raymiz» — deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» ochiq axborot siyosati yuritishi va OAV bilan har doim hamkorlikka tayyorligini ma’lum qilgan.

Kuchli gumburlashlarga nima sabab bo‘lganiga esa rasmiy axborotda hech qanday aniqlik kiritilmagan.

Xabar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!