O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

“O‘zgidromet” respublikaning 9 ta viloyatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

Joriy yilning 18-23 may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin.

18-23 may kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan: Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona hamda Andijon viloyatlarining tuman va shaharlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!