O‘zbekistonlik kurashchilar Belarusdagi musobaqada shohsupaga ko‘tarildi

O‘zbekistonlik kurashchilar Belarusdagi musobaqada shohsupaga ko‘tarildi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Belarusda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda. Sportchilar yig‘in doirasida Olimpiada chempioni Oleg Karavayev xotirasiga tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Qiziqarli bellashuvlarga boy bahslarda o‘zbekistonlik kurashchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar. O‘zbekiston terma jamoasi Belarusdagi mashg‘ulotlarni 28 noyabrga qadar davom ettiradi. Xalqaro turnirda shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik kurashchilar:

Oltin medal:

-72 kg: Abdullo Aliyev.

Kumush medal:

-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev;

-72 kg: Abror Atabayev.

Bronza medal:

-63 kg: Islomjon Bahromov;

-72 kg: Mahmud Baxshulloyev;

-82 kg: Muhammadqodir Rasulov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!