AQShning Isroilga nisbatan jiddiy ayblovi bor

AQShning Isroilga nisbatan jiddiy ayblovi bor

Qo‘shma Shtatlar Isroil xalqaro gumanitar qonunlarni buzgan holda Amerika qurollarini qo‘llagan, deb hisoblashga asos bor deb hisoblaydi. Bu haqda CNN telekanali AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Isroilning Amerika qurollaridan foydalangani haqidagi hisobotiga tayanib xabar berdi.

Davlat departamenti tomonidan tayyorlangan hisobotda potensial qonunbuzarliklar yuzasidan tekshiruvlar davom etayotgani aytiladi.

Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar xalqaro gumanitar huquqni buzishda Amerika qurollari maxsus qo‘llanilgan yoki yo‘qligini tekshirish uchun to‘liq ma’lumotga ega emas. Ammo bunday holatlar sodir bo‘lgan deb taxmin qilish o‘rinlidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!