«Vaziyat halokatli»: Fransiya Netanyaxuga murojaat qilmoqda

«Vaziyat halokatli»: Fransiya Netanyaxuga murojaat qilmoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumati G‘azo sektori janubidagi janglarni to‘xtatib, muzokaralar yo‘liga qaytishi kerak, deydi Fransiya TIV.

«Bu garovga olinganlarni zudlik bilan ozod qilish va doimiy sulhga erishishning yagona mumkin bo‘lgan yo‘lidir», — deya departament so‘zlarini keltiradi Deutsche Welle.

Parij mintaqa aholisiga tahdid solayotgan «halokatli vaziyat» haqida ogohlantirmoqda. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil hukumatini tinch aholiga gumanitar yordam yetkazib berish uchun Rafah o‘tish joyini qayta ochishga va «aholining eng zaif qatlamlari G‘azo sektorini tark etishi»ga chaqiradi.

Isroil Mudofaa kuchlari avvalroq Rafahga tanklar olib kelib, insonparvarlik nuqtai nazaridan muhim bo‘lgan Rafah nazorat-o‘tkazish punktini nazoratga olgan edi. Bu voqeadan keyin Qo‘shma Shtatlar Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!