HAMAS o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda

HAMAS o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda

Falastinning HAMAS harakati Isroilning anklavdagi so‘nggi harakatlaridan kelib chiqib, G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha Isroil tomoni bilan bilvosita muzokaralarda o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda HAMASning Telegram kanalida chop etilgan bayonotda aytiladi.

«HAMAS rahbariyati muzokaralardagi strategiyamizni qayta ko‘rib chiqish uchun Falastin fraksiyasi yetakchilari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazadi», deyiladi hujjatda.

Harakatga ko‘ra, Isroilning amaldagi hukumati «muzokaralar jarayonidan Rafahga qilingan hujumni yashirish, quruqlikdan o‘tish joyini egallash va falastinliklarni qirib tashlashda urushni davom ettirish uchun foydalanmoqda».

Bayonotda aytilishicha, Isroil hukumati

kelishuvga erishishdan qochmoqda va kelishuvlar tuzilishiga to‘sqinlik qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!