O‘zbekistonlik kikbokschilar Jahon kubogida 33 ta medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik kikbokschilar Jahon kubogida 33 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Turkiyaning Istanbul shahrida kikboks bo‘yicha 7-xalqaro Jahon kubogi musobaqasi o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar umumjamoa hisobida 11-o‘rinni egallashdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston jamoasi 8 ta oltin, 13 ta kumush, 12 ta bronza, jami 33 ta medalga sazovor bo‘lishgan.

Turkiya jamoasi 782 ta medal bilan medal bilan (171 ta oltin, 227 ta kumush va 384 ta bronza) birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston – 102 ta (34/22/46) va Vengriya — 36 ta medal (17/10/9) bilan joylashgan.

Ushbu nufuzli musobaqada jahonning 50 dan ortiq davlatidan jami 3 300 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib borgan. O‘zbekiston sharafini esa 62 nafar sportchi 6 ta yo‘nalishda himoya qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!