O‘zbekistonlik hojilarimizning dastlabki guruhi vatanimizga qaytib kelishdi

O‘zbekistonlik hojilarimizning dastlabki guruhi vatanimizga qaytib kelishdi

Joriy yilning 17 avgust kuni o‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ona Vatanimizga qaytib kelishdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ziyoratchilarimiz bir oyga yaqin vaqt davomida Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, haj amallarini mukammal bajarishdi. Shuningdek, u yerdagi muqaddas qadamjolarga ziyoratlar ham tashkil etilib, safarning samarali o‘tishi ta’minlandi.

Joriy yilgi haj mavsumida yurtdoshlarimizga “al-Hidoya” shirkati tomonidan Madinai munavvarada 5 yulduzli «Zam-zam Pulman» hamda Makkai mukarramada “Abroj al-Hidoya” mehmonxonalarida yuqori saviyada xizmat ko‘rsatildi.

Bu yilgi mavsumida Respublikamizdan jami 7000 nafardan ortiq mo‘min-musulmon yurtdoshimiz haj ibodatini ado etishdi. Ularga 35 nafar ishchi guruhi, 35 nafar shifokor, 15 nafar oshpaz hamda 140 nafar guruh rahbari xizmat ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, hojilarimiz 17 avgustdan 1 sentyabrga qadar Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab Vatanimizga qaytishadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!