O‘zbekistonlik hakamlar Qatardagi U-23 Osiyo Kubogida ishlashadi

O‘zbekistonlik hakamlar Qatardagi U-23 Osiyo Kubogida ishlashadi

Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi nufuzli turnirda o‘zbekistonlik hakamlar ishlashadi.

Joriy yilning 15 aprelidan 3 mayiga qadar Qatar poytaxti Doha shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ahamiyatli jihati, ushbu musobaqada ishlovchi rasmiylar ro‘yxatidan 5 nafar vakilimiz ham joy olgan.

Bosh hakam Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlardan Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov, shuningdek, VAR hakami Firdavs Norsafarov hamda hakamlar nazoratchisi Vladislav Seytlin musobaqaga ishlash uchun jalb etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!