O‘zbekistonga 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida kelgan

O‘zbekistonga 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida kelgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

✅ Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 % ga oshgan.

✅ Joriy yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasiga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:

Tojikiston — 43 287 nafar;

Qozog‘iston — 6 615 nafar;

Qirg‘iz Respublikasi — 5 485 nafar;

Rossiya — 925 nafar;

Turkmaniston — 462 nafar;

Turkiya — 23 nafar;

Afg‘oniston — 16 nafar;

Ozarbayjon — 9 nafar;

Boshqa davlatlar — 52 nafar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!