O‘zbekistondan Rossiyaga 5 kilogramgacha meva olib kirishga ruxsat berildi

O‘zbekistondan Rossiyaga 5 kilogramgacha meva olib kirishga ruxsat berildi

Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorat qo‘mitasi (Rosselxoznadzor) yo‘lovchilarga qo‘l yukida O‘zbekistondan umumiy vazni 5 kilogramgacha bo‘lgan ho‘l va quruq mevalar olib kirishga ruxsat berdi.

2019 yilning 5 martidan boshlab O‘zbekiston Respublikasidan kelayotgan yo‘lovchilar qo‘l yuki va bagajida umumiy vazni 5 kilogramgacha bo‘lgan ho‘l va quruq mevalar olib kirishga ruxsat berildi , - deyilgan muassasa rasmiy xabarida.

Ushbu ruxsat O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat xizmati kafolati asosida berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan kelgan yo‘lovchilar qo‘l yuklarida o‘simlik mahsulotlari olib kelish o‘tgan yilning noyabr oyida ta’qiqlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!