O‘zbekistondagi barcha maktablarda «Shaxmat sinflari» ochiladi

O‘zbekistondagi barcha maktablarda «Shaxmat sinflari» ochiladi

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 9 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda mamlakatdagi barcha maktablarda «Shaxmat sinflari» ochilishini ma’lum qildi.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat budjetidan 100 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Uning ta’kidlashicha, hozirda sport bilan doimiy shug‘ullanish ko‘rsatkichi 19 foiz bo‘lib, 2021 yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 25 foizga yetkaziladi.

Shuningdek, turli yoshdagi yoshlarni qamrab oladigan futbol bo‘yicha «Charm to‘p» bosh vazir kubogi o‘tkaziladi. Kelgusi yilda 916 kilometr «Salomatlik yo‘laklari» barpo etiladi. Mahallalarda 500 ga yaqin stritbol maydoni, 355 ta badmentol maydoni, qo‘shimcha ravishda 420 ta mini futbol maydoni, 350 ta ko‘chada vorkaut maydonchasi quriladi.

Bundan tashqari, 70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingga yaqin bog‘cha va 10 000 ta maktab jami 120 milliard so‘mlik birlamchi sport jihozlari bilan ta’minlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!