O‘zbekistonda umurtqa deformasiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi

O‘zbekistonda umurtqa deformasiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi

Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan qurilma yaratdi, deb xabar qilmoqda Hukumat portali.

Ushbu murakkab qurilma uchun mualliflar Shotursunov Shohaydar, Kochkartayev Sanjar, Musayev Rustam, Korakulov Komil va Soliyev Suhroblar nomiga FAP 01321 sonli foydali model patenti berildi.

“Qurilma umumiy o‘q bo‘ylab harakatlana oladigan qilib ulangan ikkita tayanchdan tashkil topgan bo‘lib, tishlar bilan ta’minlangan. Har bir tayanch uchi tashqi tomondan P-simon plastina bilan bikr ulangan, tayanchlardan biri rezbali sterjen ko‘rinishida bajarilgan va fiksasiyalovchi gayka bilan ta’minlangan, ikkinchi tayanch ichki o‘q bo‘ylab rezbali kovak silindr ko‘rinishiga ega, bunda tishlar P-simon plastinalarning tashqi yuzasida bajarilgan, ichi bo‘sh tayanchda esa o‘rnatish kaliti uchun kesik bajarilgan”, deyiladi qurilmaning texnik tuzilishi haqida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!